Rossiya 25 nafar amerikalikni “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Vashington sanksiyalariga javoban AQSHning 25 nafar fuqarosiga nisbatan shaxsiy sanksiyalar kiritdi. Ushbu ro‘yxatga amerikalik aktyorlar Shon Penn va Ben Stiller kiradi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi kecha, 5 sentyabr kuni tarqatgan bayonotda aytiladi.

“[AQSH Prezidenti] Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Rossiya fuqarolariga nisbatan tobora kengayib borayotgan shaxsiy sanksiyalariga javoban AQSH Kongressi a’zolari, yuqori martabali amaldorlar, biznes va ekspert hamjamiyatlari vakillari, shuningdek, madaniyat arboblari (25 kishi)dan bo‘lgan yana bir guruh odamlarga Rossiya Federatsiyasiga doimiy asosda kirishga taqiq joriy etildi”, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

TIV saytida Rossiyaning “qora ro‘yxat”iga kiritilgan Amerika fuqarolarining ismlari e’lon qilindi. Ro‘yxatga Shon Penn va Ben Stiller ham kiritilgan.

Shu bilan birga, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSHning dushmanona harakatlariga qarshi turishda davom etishi qayd etilgan.

“Amerika rasmiylarining rusofobik yo‘nalishni davom ettirayotgan, ikki tomonlama aloqalarni buzayotgan hamda Rossiya va AQSH o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirayotgan dushmanona harakatlariga bundan keyin ham qat’iy javob beriladi”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing