Rossiya 2022 yilda Ukrainaga hujum qiladi – “Bloomberg”

Olam

image

AQSH razvedkasi Rossiya 2022 yilda Ukrainaga hujum qiladi, deb hisoblaydi. Bu haqda “Bloomberg” razvedka xizmatlaridagi manbalariga tayanib, xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, Moskva uch tomondan: Qrim yarim oroli, Rossiya-Ukraina chegarasi va Belarus hududidan hujum tayyorlamoqda. Shuningdek, razvedka xodimlari o‘zlarining yevropalik hamkasblari bilan razvedka ma’lumotlarini baham ko‘rganliklari haqida xabar berishdi.

Agentlikning yozishicha, Amerika razvedkasida Rossiya harbiy kontingenti Ukraina bilan chegarada to‘planganini tasdiqlovchi xaritalar mavjud. Vashingtonda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya yuz mingga yaqin askarini hujumga tayyorlamoqda. Ukraina bilan urushdan tashqari, ushbu qo‘shinlar guruhi bosib olingan hududlarni uzoq muddat nazorat ham qilib turadi.

Qayd etilishicha, Rossiyaning aksariyat taktik guruhlari, allaqachon, o‘z pozitsiyalarida. Askarlarning olg‘a siljishi havo hujumlari bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Orqa tomondan xavfsizlikni razvedka xizmatlari ta’minlaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing