Rossiya harbiylari mashg‘ulotlarni tugatib, Qrimdan chiqib ketdi
Olam
−
16 fevral 2022
5081Rossiya Qurolli Kuchlarining Janubiy harbiy okrugi bo‘linmalari Qrim yarimorolidagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hududni tark etdi. Bu haqda okrug Matbuot xizmati xabar bergan.
Qayd etilishicha, okrug bo‘linmalari Qrimdan jo‘nab ketishdan oldin eshelonlarni yuklash me’yorlarini ishlab chiqqan.
"Qrimdagi temir yo‘l stansiyalarida Janubiy harbiy okrug bo‘linmalari harbiy texnikani platformalarga yuklash me’yorlarini ishlab chiqdi. Bir kun ichida Qrim yarimorolining har bir jalb qilingan temir yo‘l stansiyalarida ikkitadan eshelon jo‘nab ketish uchun tayyorlandi. Ayni damda okrug bo‘linmalarining harbiy texnikasi bilan birinchi eshelonlari Qrim Respublikasini tark etdi”, deyiladi xabarda.
Aytish joizki, kecha, 15 fevral kuni Mudofaa vazirligi G‘arbiy va Janubiy harbiy okruglar mashg‘ulotlardan keyin harbiy garnizonlarga qaytishga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Rossiya istagan paytida Ukrainaga qarshi harbiy amaliyotlarni boshlashi va hujum turli shakllarda bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Kecha, 15 fevral kuni Ukrainadagi bir nechta banklar va Mudofaa vazirligi veb-saytlari xakerlik hujumiga uchradi.
Qayd etish kerakki, AQSH va G‘arb davlatlari so‘nggi oylarda Rossiyani Ukrainag bosqin tayyorlashda ayblab kelayotgandi. G‘arb OAVda esa hattoki hujum qilij rejalari, shuningdek sanasini ham e’lon qilgandi. Bundan tashqari, AQSH Prezidenti Bayden shaxsan o‘zi Moskva 16 fevral kuni hujum boshlashini aytgandi.
O‘z navbatida, Moskva Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ayblovlarni rad etib, chegaraga qo‘shin joylashtirilishi faqatgina harbiy mashg‘ulot uchun ekanini ta’kidayotgandi. Kreml joriy yilning 20 fevraligacha mashg‘ulot o‘tkazishni belgilagandi. Hozirda o‘z xizmat vazifasini o‘tab bo‘lgan harbiylarni chegaradan o‘z joyiga qaytarish boshlandi.
LiveBarchasi