Rossiya harbiylari Limanda qamal qilingani va hududni tashlab qochganini tan oldi

Olam

image

Donetsk Xalq Respublikasining (O‘zbekiston tan olmagan – tahr.) Krasniy Liman shahridan ittifoqchilar qo‘shinlari qamal qilish xavfi yuzaga kelganligi sababli olib chiqildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi. 

 “Qo‘lga olish xavfi tug‘ilishi munosabati bilan ittifoqchi qo‘shinlar Krasniy Liman aholi punktidan yanada qulayroq yo‘nalishlarga olib chiqildi”, deydi Konashenkov. 

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakiliga ko‘ra, bir sutkada 200 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi Krasnolimansk yo‘nalishida yo‘q qilingan. 

 “Ukraina Qurolli Kuchlarining Krasnolimansk yo‘nalishidagi 66 va 93-mexanizatsiyalashgan brigadalari pozitsiyalariga qilingan ommaviy hujumlarda bir sutkada ikki yuzdan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, beshta tank va to‘qqizta piyoda jangovar texnikasi yo‘q qilindi”, deya qo‘shimcha qildi u.  

Ta’kidlanishicha, Ukraiana og‘ir yo‘qotishlarga qaramay, zaxiralarni olib kelib, kuch va vositalarda sezilarli ustunlikka ega bo‘lgan hujumni davom ettirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

856

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing