Rossiya harbiy kemalari Saudiya portida paydo bo‘ldi

Olam

image

Rossiya harbiy-dengiz kuchlariga tegishli “Admiral Gorshkov” fregati va “Kama” tankeri Saudiya Arabistonining Qizil dengizdagi Jidda portiga langar qo‘ydi. Mazkur holat Rossiya harbiy-dengiz floti kemalarining so‘nggi 10 yil ichida Saudiya portlarida birinchi marta to‘xtashi bo‘ldi. Bu haqda Shimoliy dengiz floti bayonotiga tayanib, “Interfaks” agentligi xabar berdi.

“Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining kemalari – “Admiral Gorshkov” fregati va “Kama” tankeri 5 aprel kuni Saudiya Arabistoni g‘arbidagi Jidda portiga kirdi”, deyilgan Shimoliy dengiz floti bayonotida.

Rossiya dengiz flotining eng zamonaviy kemalaridan biri bo‘lgan “Admiral Gorshkov” fregati joriy yilning 4 yanvar kuni Atlantika va Hind okeanlari, shuningdek, O‘rta yer dengizi bo‘ylab yurish uchun yo‘lga chiqqan. U yangi gipertovushli Sirkon raketalari bilan jihozlangan.  

Kemalar portda bo‘lish davrida yoqilg‘i, toza suv va oziq-ovqat zaxiralarini to‘ldirib olgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Harbiy-dengiz kuchlari ham Yaqin Sharqqa yadro quvvatiga ega suv osti kemasi yuborgandi. U ham raketa bilan jihozlangan bo‘lib, undan Bahraynda joylashgan AQSHning Beshinchi flotini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanilishi aytilgandi.

Shohjahon Majitov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Saudiya porti Rossiya harbiy kemalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar