Rossiya ham, Ukraina ham harbiy asirlarni qiynoqqa solgan – BMT

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Inson huquqlari  bo‘yicha byurosi  Rossiya  va Ukraina o‘rtasida qariyb to‘qqiz oy davom etgan mojaro davomida harbiy asirlar qiynoqqa solinganini aytdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, BMTning Ukrainada joylashgan monitoring guruhi o‘z xulosalarini urushda ishtirok etgan 100 dan ortiq harbiy asirlar bilan o‘tkazilgan suhbatlarga asoslagan. Ukrainalik harbiy asirlar bilan suhbatlar ular ozodlikka chiqqanidan keyin bo‘lib o‘tgan, sababi ularga Rossiya hibsxonalariga qayta kirishga ruxsat berilmagan. 

Kuzatuv missiyasi rahbari Matilda Bogner Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida,  u bilan suhbatda bo‘lgan ukrainalik mahbuslarning ko‘pchiligi Rossiya qo‘shinlari qo‘lida qiynalgani va  Rossiyaning shafqatsiz muomalalari haqida xabar berganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakat mahbuslarni qo‘rqitish va kamsitishga qaratilgan. 

Misol tariqasida Bogner Yelenovka yaqinidagi koloniyada ukrainalik jabrlanganlardan biri bilan bo‘lgan suhabatini keltiradi. Rossiyaga qarashli qurolli guruh a’zolari uning jinsiy a’zolari va burniga simlar bog‘laganligini va bundan ular shunchaki zavqlanishini hikoya qilib bergan. Biroq, Rossiya harbiy asirlarga nisbatan qiynoqlar va boshqa turdagi yomon muomalalarni rad etadi. 

Shuningdek, Bogner boshqa suiiste’molliklar qatorida rossiyalik mahbuslarning  qatl etilgani haqidagi "ishonchli da’volar"ni ham ma’lum qilgan va shu orqali Ukraina ham, Rossiya ham mahbuslarga nibatan shafqatsiz ruhda ekanini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuzdan ortiq ukrainalik ayollar Rossiya bilan yangi mahbuslar almashinuvi paytida uylariga qaytgani va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi muzokaralar natijasida Kiyev nazorati ostidagi Ukraina hududidan 20 nafar rossiyalik harbiy asir qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing