Roppa-rosa bir yil oldin Xitoy dunyoni noma’lum xavfdan ogohlantirgandi

Olam

image

Bundan bir yil oldin, ya’ni, 2019 yilning 31 dekabr kuni Xitoy Hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga yangi turdagi virus haqida xabar bergan. 

"Bir yil oldin shu kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xitoydagi vakolatxonasiga Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya holatlari aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi", deyilgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti saytida. 

2020 yilning 3 yanvariga qadar Xitoy Hukumati JSSTga pnevmoniya bilan og‘rigan 44 nafar bemor haqida xabar bergan, ulardan 11 nafarining ahvoli og‘ir bo‘lgan. 

2020 yilning 11 mart kuni esa koronavirusning yangi turi tarqalishi JSST tomonidan pandemiya deb tan olingan.

2019 yilning 17 noyabr sanasida esa dunyo bo‘yicha ilk marotaba yangi turdagi koronavirus COVID-19 bilan kasallangan birinchi bemor rasman aniqlangan

Holat Xitoyning Xubey provinsiyasida qayd etilgan. Shu kundan boshlab koronavirus epidemiyasi tezlik bilan dunyoning ko‘plab davlatlariga tarqalgan. 

O‘zbekistonda COVID-19 ga chalingan birinchi bemor 2020 yil 15 mart kuni aniqlangan. 

Ayni paytga kelib, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 83 mln 200 ming 986 nafarga yetgan. 1 mln 815 ming 161 nafar bemor vafot etgan. 58 mln 987 ming 491 kishi sog‘aygan. 

Ko‘pgina mamlakatlarda, xususan, AQSH, Yevropa va Rossiyada koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlanib ketgan. Bu insonlarda pandemiyani yengishga umid uyg‘otmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

418

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing