Ronalduning o‘yini gollariga qarab baholanadi – Fernandu Santush
Sport
−
25 mart 2022 5004 2 daqiqa
Krishtianu Ronaldu Turkiyaga qarshi uchrashuvda to‘p kiritmagan bo‘lsa-da, ajoyib futbol namoyish qildi. Biroq muxlislar Ronalduning o‘yinini kiritgan gollariga qarab baholashadi. Bu haqda Turkiya bilan bahsdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Portugaliya terma jamoasi ustozi Fernandu Santush aytib o‘tgan.
“Ronaldu har bir o‘yinda urgan gollariga qarab baholanadi. Ronaldu gol urmadimi? Demak, u yomon o‘ynagan bo‘lib chiqadi. Mening nazarimda, bu holat Krishtianuga nisbatan adolatsizlikdir. U ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va jamoada bog‘lovchi vazifasini bajardi. Krishtianu qattiq mehnat qildi. Raqibga tinimsiz bosim o‘tkazdi. Ha, Ronaldu gol ura olmadi, lekin bu Ronalduning ajoyib o‘yiniga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Unda gol urish uchun bir nechata imkoniyat bo‘lgan edi. Biroq Ronaldu vaziyatlarni golga aylantira olmadi. Lekin u boshqalarga juda ko‘p imkoniyatlar yaratib berdi”, degan Santush.
Ma’lumot o‘rnida, Kecha, 24 mart kuni Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati saralashining pley-off bosqichi yarim finali doirasida, Turkiya terma jamoasini o‘z uyida qabul qildi va 3-1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Biroq Portugaliya termasining asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu maydonni golsiz tark etdi
Joriy yilning 29 mart kuni Portugaliya pley-offning yarim finalda Italiyani qoldirib ketgan, Shimoliy Makedoniya termasiga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahsda zafar quchgan jamoa Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr