Ronalduning qo‘shnisi uni fir’avnga o‘xshatdi. Futbolchi piramida quryaptimi?

Sport

image

“Al-Nasr” futbolchisi Krishtianu Ronalduning Portugaliyada qurayotgan dang‘illama uyi qo‘shnilarining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Portugaliyaning Kashkaysh shahri chekkasida qurilayotgan uy futbolchining qo‘shnilariga bir qancha noqulayliklar tug‘dirmoqda, havoning chang bilan ifloslanishi, yo‘llarning to‘sib qo‘yilgani va haddan tashqari shovqin shular jumlasidan.

“Biz charchadik! Qurilish ishlari uch yildan beri davom etmoqda. Hali kamida bir yillik ish bor. Uy shunchalik kattaki, kasalxonaga o‘xshaydi. Ko‘chamiz bir necha oydan beri yopiq, bog‘im changga to‘lgan. Hammasi “fir’avn Ronaldu”ning “piramidasi” aybi bilan”, deydi sportchining qo‘shnisi.

Ma’lumot uchun, 25 million yevroga yaqin mablag‘ sarflanayotgan mazkur qurilish dastlab 2023 yilning iyuliga qadar yakunlanishi kerak edi, biroq muddat keyinga surilmoqda.

.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu piramida fir'avn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing