Ronaldu yana Yevropaga qaytadimi?
Sport
−
18 iyul 2023 7583 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu endi Yevropa futboliga qaytmaysligini ma’lum qildi.
“Yevropa futboliga qaytmayman, men uchun eshiklar butunlay yopiq. Hozir 38 yoshdaman. Yevropa futboli oldingi darajasidan ancha pastlagan. Faqatgina Angliya chempionati boshqa barcha ligalardan ancha oldinda”, deydi Ronaldu.
Ronaldu 2023 yilning yanvarida “Al-Nasr”ga o‘tgan edi. Ortda qolgan mavsumda u Saudiya Arabistoni chempionatida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ronaldu faoliyati davomida “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Real Madrid” va “Sporting” klublarida o‘ynagan. Portugaliyalik hujumchi besh karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi.