Ronaldu va Messi ketdi, lekin La Liga yuqori saviyada davom etmoqda – Tebas

Sport

image

Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas PSJ hujumchisi Lionel Messining "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, Messi nafaqat La Ligani, balki futbolni ham sog‘inadi, chunki, u Fransiya chempionatida to‘p surmoqda. PSJda uni "Barselona"dagiga qaraganda kamroq kuzatib borishadi. Biz uning o‘yinlarini munidalda kattaroq qiziqish bilan ko‘rishimiz mumkin. PSJning "Nant"ga qarshi o‘yinini "Barselona"ning La Ligadagi o‘yiniga tenglashtirib bo‘lmaydi. Qaytib keladimi,yo‘qmi bilmayman. Bu uning o‘ziga bog‘liq. Umid qilamanki, qaytsa Leoga foydali bo‘ladi. Menimcha, bu uning xatosi edi. Agar Messi "Barselona"ni tark etmaganida, Messi-Barselona brendlarining uzluksiz aloqasini saqlab qolardi. Ronaldu va Messi ketdi, lekin La Liga yuqori saviyada davom etmoqda, shunday emasmi?", degan Tebas.

Ma’lumot uchun, Messi 2021 yilda "Barselona" va Ispaniya chempionatini tark etib, PSJga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Oldinroq argentinalik futbolchi AQSHning "Inter Mayami" klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda, Messi Parij klubi safida umumiy 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing