Ronaldu va Makgregor Nurmuhamedovning g‘alabasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Sport 65286
image

Turinning “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Instagram'dagi o‘z sahifasida Habib Nurmuhamedovni UFC 254 turnirida amerikalik Jastin Getji ustidan qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi.

“Tabriklayman, birodar! Otang sen bilan faxrlangan bo‘lardi”, deb yozadi u. 

Bundan tashqari, aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Twitter’dagi o‘z sahifasida Nurmuhamedovning g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

“Yaxshi jang, Habib. Men davom ettiraman. Yana bir bor otangga hurmatimni izhor etmoqchiman. Uning vafoti munosabati bilan senga va oilangga hamdardlik bildiraman. Hurmat bilan, Makgregor”, deb yozgan irlandiyalik.

Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji kuch sinashdi va 2-raunddayoq g‘olib bo‘ldi.

Nurmuhamedov uchun bu g‘alaba professional faoliyatidagi qatorasiga 29-si bo‘ldi.

Sarvar Anvar o‘g‘li
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 4085
Reyting: 3
t
×