Ronaldu o‘z vaqtida “Real”ni tark etganidan afsuslanmoqda

Sport

image

“Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real”dan Turinning “Yuventus” klubiga o‘tganidan afsusda. Bu haqda forvardning yaqinlari gapiga tayanib, “Relevo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu Turinda yashashdan hech qachon xursand bo‘lmagan. Portugaliyalik bir necha oy davomida o‘zini juda yomon his qilgan va “Real”dan “Yuventus”ga o‘tishga rozi bo‘lganidan afsuslangan. Ronaldu Italiyada bo‘lganida tez-tez Madriddagi uyiga borib turgan.

Futbolchi 2022 yilning noyabrida “Manchester Yunayted”ni tark etgach, Ronaldu “Real”ga qaytishni istagani va ispan klubidan taklif kutgani ma’lum bo‘ldi. 2022 yilning dekabr oyi oxirida 37 yoshli portugaliyalik Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu yangi klubida yiliga 200 million yevro maosh oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing