Ronaldu uloqtirgan sardorlik bog‘ichi auksionga qo‘yildi
Sport
−
30 mart 2021
22582Krishtianu Ronaldu uloqtirgan sardorlik bog‘ichini olgan Belgraddagi stadion xodimi uni kim oshdi savdosida sotib, pullarni xayriya mablag‘lariga jo‘natmoqchi.
Portugaliya terma jamoasining Serbiyaga qarshi o‘yinida (2:2) Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu so‘nggi daqiqalarda gol urdi. Biroq o‘yin bosh hakami Danni Makkeli to‘p chiziqni kesib o‘tmagan deb hisoblab, uni bekor qildi.
Hakam uning golini hisoblamaganidan so‘ng, Krishtianu shu qadar xafa bo‘ldiki, sardorlik bog‘ichini maydonga uloqtirgancha final hushtagini ham kutmasdan maydonni tark etdi. Keyinchalik hakam o‘tkazib yuborilgan gol uchun uzr so‘ragan.
Shundan so‘ng o‘yin bo‘lib o‘tgan Belgraddagi stadion xodimi, Ronaldu uloqtirgan sardorlik bog‘ichini olgan va uni kim oshdi savdosida sotishga va tushumni xayriya mablag‘lariga jo‘natishga qaror qilgan.
Sardor To‘lanboyev
LiveBarchasi