Ronaldu har doim ikkinchi o‘rinda bo‘lgan – Kassano

Sport

image

Italiya terma jamoasi va “Yuventus” klubining sobiq futbolchi Antonio Kassano “Manchester Yunayted”  jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning fenomenal futbolchi ekanligini e’tirof etar ekan, biroq uning har doim ikkinchi darajali o‘yinchi bo‘lganini iddao qildi. Bu haqda “Fanpage” nashri xabar berdi.

“Hurmatli Krishtianu, hayajondamisan? Meni diqqat bilan tingla. Sen kuchlisan, ko‘p g‘alabalar qozongan va fenomenal futbolchisan, lekin siz doimo ikkinchisan. Kimga o‘xshashingni bilasabmi? Mengami? Yo‘q, Toto Kutunoga o‘xshaysan. U ham har doim ikkinchi o‘rinda” , degan Kassano.

Qayd etish kerakki, Toto Kutuno taniqli italiyalik ijrochi va bastakor hisoblanadi.  “San-Remo” qo‘shiqlar festivalida olti marta ikkinchi o‘rinni egallagan.

Futbolchilik faoliyati davomida katta yutuqlarga erishmagan Antonio Kassano Ronalduga nisbatan tanqidlari bilan ommaga o‘zining borligini ko‘rsatib turadi.

Ma’lumot uchun, Kirishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 189 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 117 marta ishg‘ol qilgan. Ronalduning natijasi mutloq rekord ko‘rsatkichdir. Bundan oldingi eng yaxshi natija eronlik afsonaviy futbolchi Ali Dayeiga tegishli bo‘lgan. Eronlik futbolchi hisobida 109 ta gol mavjud. Shuningdek, Ronaldu Portugaliya bilan 2016 yilgi Yevropa chempionati va 2019 yilgi UEFA Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Kirishtianu Ronaldu

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar