Ronaldu Saudiya klubidan tushgan taklifni rad etdi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubidan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi ikki yilga 275 million yevro maosh taklif qilinganiga qaramay, Saudiya mahalliy klubida o‘ynash taklifini rad qilgan. Bundan oldin tarqalgan xabarlarda Ronalduga ikki mavsum uchun 250 million yevro taklif qilingani aytilgandi. Saudiyaliklarning ikkinchi urinishida maosh yana 25 million yevroga ko‘tarilgan va 275 million yevroni tashkil qilgan. 

Qayd etish joizki, 37 yoshli hujumchi hali ham muhim sovrinlar uchun kurashishni va Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etishni xohlamoqda. Shuning uchun Ronaldu “Yunayted”dan ketmoqchi bo‘lsa-da, faoliyatini Osiyoda emas, Yevropaning biror-bir kuchli klubida davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsumda “qizil iblislar” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga erishgan. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing