Ronaldu “Portu” futbolchisini “Al-Nasr”ga o‘tishini istamoqda

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu “Portu” yarim himoyachisi Otavio Edmilsonni “Al-Nasr”ga o‘tishini xohlayapti. Bu haqda “A Bola” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Saudiya klubi Otavio uchun 40 million yevrodan kam pul taklif qilgan. “Portu” esa futbolchisi transferidan 60 million yevro ishlab olmoqchi. 

Manbaga ko‘ra, “Al-Nasr” Otavioga yiliga 13,5 million yevro taklif qilishga tayyor. Turli bonuslarni hisobga olsak, bu summa yiliga 15 million yevrogacha ko‘tarilishi mumkin – bu “Portu”dagi futbolchining maoshidan besh baravar ko‘p. 28 yoshli yarim himoyachi ham “Al-Nasr” taklifini qabul qilmoqchi.

Ronaldu ham jamoadoshini “Al-Nasr”ga o‘tkazishga jiddiy bel bog‘lagan. Krishtianu doimiy ravishda Otavio bilan telefon orqali muloqotda bo‘lib turibdi. 

“Portu” Otavioni hozir sotsa, bor-yo‘g‘i 27 million yevro ishlab oladi, chunki 15 iyulga qadar uning shartnomasi bo‘yicha 40 million yevrolik tovon puli bor. Bu sanadan keyin summa 60 millionga ko‘tariladi, biroq “Al-Nasr” imkon qadar tezroq shartnomani yopishni istaydi.

O‘tgan mavsumda Otavio Portugaliya chempionatining 27 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing