Ronaldu Nadalga o‘xshaydi — Morata Krishtianu haqida gapirdi

Sport

image

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Alvaro Morata “Goal.com” internet nashriga intervyu berdi. Unda ispaniyalik futbolchi jamoadagi kelajagi, qaysi klubda to‘p surishni xohlashi hamda Krishtianu Ronaldu haqida so‘z yuritdi.

“Avvalo “Yuventus” haqida gapirmoqchiman. Bu — qadriyatlar jamlangan klub. Men Turinda baxtliman. Jamoadoshlarim bilan har doim yaxshi munosabatda bo‘lganman, bundan keyin ham shunday bo‘ladi. 

“Atletiko”? Ha, Madrid ham menga yoqadi. Agar menga “o‘zing to‘p surishni xohlaydigan istalgan 2 klubni tanla”, deyishsa, men o‘ylanmasdan “Yuventus” va “Atletiko”ni tanlagan bo‘lardim. Sababi, men bu yerlarda o‘zimni yaxshi his qilaman. Ikkisidan qay birida meni ko‘proq xohlashsa, men shu yerda qolishni ma’qul ko‘raman”, deydi u.

Morata, shuningdek, Krishtianu Ronaldu haqida ham fikr bildirdi. 

“U shubhasiz dunyodagi eng kuchli futbolchi, Ronalduning o‘yiniga qoyil qolmay ilojingiz yo‘q. Uning asablari o‘ta mustahkam, shuning uchun u Nadalga o‘xshaydi. U shaxsiy natija uchun emas, jamoa g‘alabasi uchun ishlaydi, qo‘lidan kelgan barchasini qiladi. Tinimsiz mehnat uni shu darajaga yetkazgan. Bundan buyog‘iga ham u bilan to‘p surishni xohlardim. Bu mavsum ham Turinda qolaman, qolganini esa vaqt ko‘rsatadi”, deydi Morata.

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Morata ayni dam “Yuventus”da ijara asosida to‘p surmoqda. Uning transfer huquqi Madridning “Atletiko”siga tegishli.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing