Ronaldu muvaffaqiyatining siri ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu muvaffaqiyatining uchta sirini oshkor qildi.

“O‘z vaqtidagi uyqu, mashaqqatli mehnat va o‘z ustida ishlash. Yangi mavsumda aynan shu jihatlar gollarimga sabab bo‘ladi”, deb yozdi Ronaldu.

Qayd etish joiz, Ronaldu futbol tarixida ketma-ket 23 mavsumdan buyon gol urib kelayotgan yagona futbolchi hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, 39 yoshli Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida 2023 yilning yanvaridan buyon to‘p surmoqda. O‘tgan 2023/2024 yilgi mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 13 ta golga assistentlik qilgan, jumladan, Saudiya Arabistoni Pro ligasida 35 ta gol kiritishga erishdi. 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash turnirida Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made