Ronaldu muxlislarga va’da berdi

Sport

image

Kecha, 14 noyabr kuni Portugaliya terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionati saralash uchrashuvlari doirasidagi Serbiyaga qarshi uchrashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Krishtianu Ronaldu bir necha kun oldin Instagram’da post qo‘yib, unda yakshanba kuni Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatiga yo‘llanmasiga ega chiqishini nishonlashi haqida yozgan edi. Muvaffaqiyatsizlik...

Endi portugallar bahorda Jahon chempionatida ishtirok etish uchun pley-off bosqichida kurash olib boradi.

“Ba’zida eng aylanma yo‘llar eng kerakli natijalarga olib keladi. Bu qiyin, ammo bu bizni sindira olmaydi”, deb yozdi Ronaldu Instagram’da.

Shuningdek, Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqishiga va’da berdi.

“Yo‘q, Portugaliya Qatarga boradi”, deb qo‘shimcha qiladi Ronaldu.

Ma’lumot o‘rnida, kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Portugaliya hisobidagi ochkolar soni 17 taligicha qoldi. Serbiya esa 20 ochko bilan JCH-2022 yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

420

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing