Ronaldu “Liverpul” muxlislariga minnatdorlik bildirdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Liverpul” muxlislariga yangi tug‘ilgan o‘g‘lining o‘limi munosabati bilan uni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorlik bildirdi. 

APL 30-tur uchrashuvining yettinchi daqiqasida “Enfild”dagi muxlislar Ronalduni olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlashdi. “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham chetda turmadi va muxlislar bilan birga olqishladi. Krishtianuning o‘zi oiladagi yo‘qotish sabab o‘yinni o‘tkazib yubordi.

“Bir dunyo… Bitta sport… Bitta katta oila… Rahmat Enfild. Men va mening oilam bu hurmat va hamdardlik ishorasini hech qachon unutmaymiz”, deb yozgan Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

Eslatib o‘tamiz, 30-tur uchrashuvi "Liverpul"ning yirik 4-0 hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. “Liverpul” 76 ochko jamg‘arib, 2021/2022-yilgi mavsumda Angliya Premer ligasi jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Manchester Yunayted” 54 ochko jamg‘argan holda, oltinchi o‘rinni band etib turibdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing