Ronaldu koronavirusga chalindi
Sport
−
13 Oktabr 2020
14568“Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusga chalindi. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 35 yoshli futbolchi o‘zini yaxshi his qilyapti va o‘zini yakkalagan.
Uning oilasi karantinga olingani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Avvalroq, u terma jamoaga qo‘shilishidan oldin karantin choralariga amal qilish masalasida “Yuventus” rahbariyati bilan ziddiyatga borgandi. Xususan, u yana bir bor koronavirusga test topshirishdan bosh tortgan.
LiveBarchasi