Ronaldu kelasi mavsum qayerda o‘ynashi bo‘yicha qarorga kelgan – manba

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu kelasi mavsumda “Manchester Yunayted”ni tark etish niyatida emas. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli hujumchi jamoasini o‘zgartirish niyatida emas va joriy yilning iyul oyida “Yunayted” bilan mavsumoldi mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Avvalroq, portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ning joriy transfer bozorida haligacha hech kimni sotib olmaganidan norozi va shu sababdan ketishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Ronaldu “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing