Ronaldu Italiyada ham tengsiz

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va italiyaning “Yuventus” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 

Ronaldu ushbu chempionatda 30 o‘yinda ishtirok etib, 21 ta gol kiritgan va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Ronaldu “Yuventus”ga 2018 yilning iyulida Madridning “Real” klubidan 100 mln yevro evaziga o‘tgan edi. 34 yoshli portugal besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi va shuncha marotaba “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi.  Ronaldu Ispaniya, Angliya va Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan rekordchi ham hisoblanadi. 

Portugaliyalik forvard  Klublar o‘rtasidagi jahon  chempioni va UEFA Supekubogi sohibi bo‘lgan. Shu bilan birga, Ronaldu 2016 yilda terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan va termada 156 uchrashuv o‘tkazib, 85 golga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing