Ronaldu Erik ten Xagning MUga murabbiy qilib tayinlanishiga munosabat bildirdi

Sport

image

“Manchester United” bosh murabbiyi etib tayinlangan Erik ten Xag “Ayaks”da katta ishlarni amalga oshirgan. "Qizil iblislar" yetakchisi Krishtianu Ronaldu shunday fikr bildirdi.

Shuningdek, Ronaldu Erik ten Xag boshchiligidagi “qizil iblislar” keyingi mavsumda sovrin yutishi mumkinligiga ishonch bildirgan.

“Erik ten Xag haqida bilganim shuki, u “Ayaks”da ajoyib ishlarni amalga oshirdi. U tajribali murabbiy. Ammo unga “Yunayted”da muvaffaqiyatga erishishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. U muhim o‘zgarishlarni amalga oshirishi kerak. Albatta, bizni ten Xag bilan katta g‘alabalar kutib turibdi, degan umiddaman. Men ten Xagga eng yaxshi tilaklarimni tilayman.

Biz xursandmiz va ten Xag kelishini intiqlik bilan kutamiz. Nafaqat futbolchilar, balki muxlislar ham Erikning “Manchester Yunayted”ga kelishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Umid qilamanki, keyingi mavsumda ten Xag bilan birgalikda sovrinlar yutamiz”, degan portugaliyalik hujumchi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Ronaldu Angliya Premer ligasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, portugaliyalik iqtidor egasi UEFA Chempionlar ligasining 7 ta o‘yinida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing