Ronaldu eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylandi

Sport

image

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu, reklama shartnomalarini hisobga olgan holda, har mavsum yangi klubida taxminan 200 million yevro maosh oladi. Demak, Ronaldu futbol tarixida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

37 yoshli Ronalduning Saudiya klubi bilan shartnomasi bo‘yicha maoshi 100 million yevrodan sal ozroq bo‘ladi. Qolgan summa tijorat huquqlarini amalga oshirish orqali qoplanadi. Portugaliyalik futbolchi yangi klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Keyinchalik Krishtianu 2030 yilgacha JCH-2030 mezbonligi uchun Saudiya Arabistoni elchisi vazifasini bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning noyabr oyi boshida Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan shartnomani bekor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

736

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing