Ronaldu eng qimmat erkin agentga aylandi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk uchrashuviga bir necha kun qolganida Krishtianu Ronaldu klubsiz qoldi. Seshanba oqshomida “Manchester Yunayted” u bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilganini e’lon qildi.

“Transfermarkt” nashrining ma’lum qilishicha, Krishtianu Ronaldu eng qimmat erkin agentga aylangan. 37 yoshli portugaliyalik futbolchining narxi 20 millon yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu “qizil iblislar” safiga 2021 yilning yozida “Yuventus”dan ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda u klub tarkibida 16 o‘yinni o‘tkazdi va atigi 3 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

380

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing