Ronaldu: “Bu borada tarixda mendan boshqa futbolchi yo‘q”

Sport

image

Futbolda 4-5 yili qolgan Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ko‘proq sovrin yutishni xohlamoqda. Bu haqning o‘zi kelajakdagi rejalari haqida gapirib, aytib o‘tdi.

“Ko‘proq narsani xohlamayman, deyish qiyin, chunki men sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatini beradigan klubda o‘ynayapman. Bilaman, futbolda ko‘p yillarim qolmadi, yana 4-5 yil. Men bundan ham ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlayman.

Har yili, har mavsum, har oy, har hafta va har kuni qilgan mehnatim mukofotlanishi kerak. Agar o‘z ustimda ishlamaganimda, men ko‘p narsalarni o‘rganmagan bo‘lardim. Lekin bu mening motivatsiyam. Oxir-oqibat muhim narsani - unvon yoki mukofotni qo‘lga kiritaman, deb o‘ylab ishlayman.

Mening hayotim ajoyib sarguzasht bo‘ldi. Qayerga borsam ham iz qoldirdim. O‘ylaymanki, qayerda o‘ynamasin, iz qoldirganini faxr bilan ayta oladigan boshqa futbolchi tarixda yo‘q. Bu esa meni xursand qiladi”, deydi 34 ta chempionlik unvoniga ega “Manchester Yunayted” forvardi.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli portugaliyalik yulduz joriy mavsumda "Manchester Yunayted" bilan APLning 22 ta o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek Ronalduning hisobida Yevropa Chempionlar ligasining 6 ta o‘yinida 6 ta gol ham mavjud.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

415

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing