Ronaldu Ar-Riyoddagi mehmonxonaning 17 ta xonasini yashash uchun band qildi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Ronaldu Ar-Riyoddagi 99 etajli Kingdom Tower mehmonxonasining 17 ta xonasini yashash uchun band qildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar qildi.

Qayd etilishicha, Ronaldu o‘zi uchun eng yaxshi xonalardan birini band qilgan. U ikki qavatni egallaydi va gigant kattaligi bilan ajralib turadi. 

Taxminlarga ko‘ra, mehmonxonada turar joy Ronalduga 250 ming funt sterlingdan qimmatga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubiga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing