Ronaldo o‘zining sobiq jamoasini sotib oldi
Sport
−
15 aprel 2022
6423Braziliyalik sobiq hujumchi, ikki karra jahon chempioni Ronaldo “Kruzeyro”ning 90 foiz aksiyasini sotib olib, jamoa egasiga aylandi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, “Kruzeyro”ni sotib olish haqidagi kelishuv sobiq futbolchiga 70 million dollarga tushdi.
“Kruzeyro” Ronalduga tegishli ikkinchi klubga aylandi. U shuningdek, Ispaniyaning “Valyadolid” klubiga ham egalik qiladi.
1993 yilda Ronaldo o‘zining birinchi professional futbol klubi "Kruzeyro"ga 50 000 dollar evaziga ko‘chib o‘tgan. U bu klubda 1993 yilning iyulidan 1994 yilning avgustigacha 57 ta gol urib, (shundan 44 tasi rasmiy o‘yinlarda) jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylangan. Natijada, Yevropa klublari unga jiddiy e’tibor qaratgan. Bunday muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng Ronaldo 1994 yilda Gollandiyaning PSV klubiga o‘tdi va shu klubdan Yevropadagi faoliyati boshlandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi