Ronaldo o‘zini Mbappe bilan solishtirdi
Sport
−
23 fevral 2022 8640 1 daqiqa
Braziliyalik sobiq hujumchi Ronaldo PSJ hujumchisi Kilian Mbappening fazilatlari haqida gapirdi. Ronaldo Mbappeni o‘z an’analarining davomchisi sifatida ko‘rishini tan oldi. Uning fikricha ulardagi fazilatlar deyarli bir xil.
“U ajoyib fazilatlarga ega. Tezlik, texnika va maqsad hisi. Biz Mbappe bilan taqqoslanishimiz mumkin deb o‘ylayman. Uning o‘yini menikiga o‘xshaydi”, deydi Ronaldo.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Mbappe bu mavsumda PSJ bilan Liga 1 ning 23 ta o‘yinida maydonga tushib, 12 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Fransiyalik hujumchi yozda erkin agentga aylanishi mumkin. “Real Madrid” futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda.
Shaxboz Qahhorov
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr