Roman Abramovich yana bir davlatdagi mulkidan ayrildi

Olam

image

Portugaliyaning Algarve viloyatida rossiyalik oligarx Roman Abramovichning 10 million yevrolik uyi hibsga olindi. Bu haqda “Público” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanishidan 15 kun avval Abramovichning investitsiya xoldingiga tegishli “Millhouse Viyews” MCHJ mulkni sotishga uringan, biroq Portugaliya davlat bank korporatsiyasi “Caixa Geral de Depositos” bu haqda politsiyaga xabar bergan. Portugaliya Tashqi ishlar vazirligi talabi bilan 25 martdan boshlab mulkni ro‘yxatga olish muzlatib qo‘yilgan.

Aprel oyi o‘rtalarida Britaniyaning Jersi oroli sudi Abramovichga tegishli 7,3 milliard dollarlik aktivlarni muzlatib qo‘ydi. Bu oligarxning 13,9 milliard dollarga baholangan boyligining yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Bundan tashqari, Fransiya hukumati uning mulkini musodara qildi. Riviyeradagi 120 million dollarga baholangan qasr ham musodara qilindi. “Daily Mail” nashrining yozishicha, bu Abramovichdan musodara qilingan 12 ta frantsuz rezidensiyasidan biridir.

Shu bilan birga, milliarder hibsga olish tahdidi ostida qolgan ikkita hashamatli yaxtasini Yevropa Ittifoqidan tashqariga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing