Roman Abramovich “Chelsi”ni sotmoqchi

Sport

image

Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Angliyaning “Chelsi” klubiga egalik qiladi. Ammo Rossiyaning Ukrainaga qilgan hujumi ortidan milliarder Buyuk Biritaniya parlamenti tomonidan jiddiy tanqid ostiga olindi. Leyboristlar partiyasi deputati Kris Brayntning ta’kidlashicha, Abramovich Rossiyaning urush harakatlarini keskin qoralashi kerak. Aks holda, u Angliyadagi yirik mulklarini va “Chelsi” futbol klubini sotuvga qo‘yishga majbur bo‘ladi. 

“The Telgraph” nashriga ko‘ra, Britaniya parlamenti bosimi ostida qolgan rus tadbirkori “Chelsi”ni sotib olishi mumkin bo‘lgan potensial xaridorlarning taklifini o‘rganib chiqadi.

Shveysariyalik milliarder Xansyorg Bissga ko‘ra, unga rossiyalik tadbirkor Roman Arbamovich Londonning “Chelsi” klubini sotib olishni taklif qilgan.

"Abramovich Angliyadagi villalarini sotishga harakat qilmoqda. U shu bilan birgalikda tezroq “Chelsi”dan qutulmoqchi. 1 mart kuni men va yana uch kishi Abramovichdan “Chelsi”ni sotib olish taklifini oldik. 4-5 kun kutishim kerak. Abramovich juda ko‘p pul so‘rayapti. "Chelsi" Romandan 2 milliard funt qarzdor, ammo klubda pul yo‘q. Demak, kim "Chelsi"ni sotib olsa, Abramovichga bu summani qoplab berishi kerak bo‘ladi. Ayni paytda biz aniq sotuv narxini bilmaymiz. “Chelsi”ni sheriklarim bilan sotib olishim mumkin. Lekin birinchi navbatda umumiy shartlarni o‘rganishingiz kerak. Aniq ayta olamanki, men yolg‘iz bunday ishni qilmayman.  Agar men "Chelsi"ni sotib olsam, bu ishni olti yoki yetti kishidan iborat investorlar konserni bilan amalga oshirishim mumkin", degan Xansyorg Biss

Avvalroq, Roman Abramovichning “Chelsi” boshqaruvidan ketgani haqida xabar bergan edik. Biroq “aristokratlar” rus tadbirkoridan 2 milliard funt miqdorida qarz va jamoa hisob raqamida bunchalik katta pul yo‘q. Shunday ekan londonliklar boshqaruviga kelmoqchi bo‘lgan xaridorlar Abramovichga kamida 2 milliard funt to‘lashi kerak bo‘ladi. Ehtimoliy xaridor Xansyorg Bissning boyligi 5,8 milliardga baholanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Roman Abramovich “Chelsi”ni 2003 yilning 2 iyulida 140 million funt evaziga xarid qilgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

244

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing