“Roma” Shomurodovdan tashqari yana bir o‘yinchi bilan xayrlashmoqchi
Sport
−
05 avgust 2022 4012 1 daqiqa
Italiyaning “Roma” klubi ikki futbolchisini sotish ustida ish olib bormoqda.
Rim klubining o‘zbekistonlik futbolchisi Eldor Shomurodov Italiyaning boshqa bir klubi “Bolonya”ga o‘tishga yaqin turibdi. Shuningdek, “Torino” va “Vulverxempton” jamoalari ham Eldorga qiziqish bildirmoqda.
Bundan tashqari, Romaning 24 yoshli ispaniyalik hujumchisi Karles Peres Vigoning “Selta” klubiga o‘tishi mumkin.
Rimliklarning bu futbolchilarni sotishi “Torino” yetakchisi Andrea Belotti transferini moliyaviy jihatdan tezlashtiradi. Chunki, “bo‘rilar” Belotti bilan 3 million yevroga teng maosh bilan birgalikda 3 yillik shartnoma imzolashga kelishib olishgan.
Agar Belotti “Roma” jamoasiga o‘tsa, Shomurodovning “Torino”ga o‘tish koeffitsiyenti yuqorilashadi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodovning “Roma”dagi maoshi yiliga 2,4 million yevroni tashkil etadi.
Ibrohim Davronov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr