“Roma”ning sobiq ustozi Masharipov jamoasiga murabbiy etib tayinlandi

Sport

image

“Lion” va “Roma” klublarining sobiq bosh murabbiyi Rudi Garsiya Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasini boshqarishga kirishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

“Al-Nasr” direktorlar kengashi raisi Musli Al-Muammar fransiyalik mutaxassis Rudi Garsiya bilan shartnoma imzoladi. Rudi klubning asosiy jamoasi bilan ishlaydi. Murabbiyning jamoamizdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, deyiladi “Al-Nasr” matbuot xizmati xabarida.

Qayd etish joizki, ushbu klub tarkibida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov ham harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Garsiya “Al-Nasr”gacha “Sent-Eten”, “Le-Man”, “Lill”, “Roma”, "Marsel”, “Lion” va boshqa klublarda ishlagan. 2021-2022 yilgi mavsum yakunida “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionati  jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. Osiyoning nomdor klublaridan biri “Al-Hilol” esa mamlakat chempioniga aylangan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing