“Roma”dan ketayotgan Shomurodov o‘rniga PSJ futbolchisi keladi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Jorji‌no Veyna‌ldum Rimning “Roma” jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi. PSJ gollandiyalik futbolchini rimliklarga ijaraga beradi, deb yozmoqda italiyalik insayder Fabritsio Romano.

Xabarga ko‘ra, Veyna‌ldum  “Roma” tarkibida 2022/23 mavsum davomida to‘p surishi va yiliga 5 million yevro maosh olishi kelishilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Veyna‌ldum PSJ tarkibiga 2021 yil “Liverpul”dan erkin agent sifatida o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov “Roma”dan ketayotgani va Italiyaning “Bolonya”, “Torino”, “Sassuolo”, Angliyaning “Vulverxempton” jamoalari Eldorga qiziqayotgani haqida xabar bergandik.

Ma’lumot uchun, PSJ yana bir futbolchisi Idrissa Geyeni "Everton”ga ijaraga berib, portugaliyalik Renatu Sansheshni xarid qilmoqchi.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing