Roma hujumchisiga 120 million yevro narx belgiladi
Sport
−
24 mart 2022 4345 1 daqiqa
Italiyaning “Roma” klubi angliyalik futbolchi Temmi Abrahamni 120 million yevroga sotishga tayyor. Rim klubi yozda hujumchini sotib olishni istagan jamoalarning taklifini o‘rganib chiqadi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Abrahamning sobiq jamoasi “Chelsi” uni 2023 yildan boshlab 67 million funt sterlingga (80 million yevro) qaytarib sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, Temmini “Manchester Yunayted” sotib olmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. Biroq “qizil iblislar”ni bunday yuqori narx cho‘chitib yuborishi mumkin
“Manchester Siti” “Borussiya Dortmund” Erling Xolandning transferi amalga oshmaydigan bo‘lsa, Temmi Abrahamga zahira variant sifatida qarmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning avgust oyida Abraham 40 million yevro evaziga “Chelsi”dan “Roma”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda angliyalik hujumchi “bo‘rilar” safida barcha musobaqalar doirasida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali Temmini 45 million yevroga baholamoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi