“Rolan Garros”ning chorak finalida Nadal Jokovichni mag‘lub etdi

Sport

image

Tennis bo‘yicha Fransiya Ochiq chempionatining chorak final uchrashuvida serbiyalik Novak Jokovich ispaniyalik Rafael Nadal bilan kuch sinashdi. Unda Rafael Nadal 6:2, 4:6, 6:2, 7:6 (7:4) hisobida zafar quchdi. Bu haqda “Championat” nashri xabar berdi.

Uchrashuv 4 soat 14 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida Jokovich to‘rtta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va 12 ta breyk-pointning 4 tasidan samarali foydalandi. Nadal uchta eys, to‘rtta qo‘sh xato qildi va 17 ta breyk-pointdan 7 tasidan unumli foydalandi.

Turnirning yarim finalida Nadal chorak finalda Karlos Alkarasni mag‘lub etgan germaniyalik Aleksandr Zverev bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot o‘rnida, Fransiya ochiq chempionati 22 maydan 6 iyunga qadar davom etadi. “Rolan Garros”ning umumiy mukofot jamg‘armasi 43,6 million yevroni tashkil etadi. Musobaqaning amaldagi chempioni o‘tgan yili finalda Stefanos Sitsipasni mag‘lub etgan dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich hisoblanadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing