“Rolan Garros”dagi g‘oliblik Nadalni qanchaga boyitdi?

Sport

image

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Fransiya ochiq chempionatidagi (“Rolan Garros”) g‘alaba uchun 2,4 million dollar mukofot oldi. Bu haqda “Atptour” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Nadalning ushbu mavsumdagi umumiy mukofot jamg‘armasi hozircha 5,7 million dollarni tashkil etadi va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha ATP (Professional tennischilar uyushmasi) yetakchisiga aylandi. Umuman olganda, joriy mavsumda polshalik ayol tennischi Iga Svyontek eng ko‘p daromad olgan. Iga mukofot pullari orqali 6,4 million dollar ishlab topgan.

Bundan tashqari Nadalning butun faoliyati davomida erishgan daromadi 130,7 million dollarni tashkil etdi. Bu borada u 130,6 million dollar jamg‘argan Rojer Federerni ortda qoldirdi. Faqatgina Novak Jokovich ulardan oldinda. Serbiyalik tennischi 156,1 million dollar daromad qilgan. To‘rtinchi o‘rinda ketayotgan Endi Marrey esa 62,7 million dollar ishlab topgan.

Avvalroq, Rafael Nadal “Rolan Garros”ning chorak finalida Novak Jokovichni to‘rt setda mag‘lub qilgani haqida xabar bergan edik.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing