“Rokki” filmi yulduzi Karl Uezers vafot etdi

Olam

image

Aktyor va sobiq professional amerikalik futbolchi Karl Uezers 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda "Deadline" nashri xabar berdi.

Aytilishicha, Uezers joriy yilning 1 fevral kuni  "uyqusida tinchgina vafot etgan". Uezers Silvestr Stallone obraziga qarshi kurashgan dastlabki to‘rtta "Rokki" filmidagi Apollon Krid roli bilan mashhur. U, shuningdek, "Yirtqich" filmida rol ijro etgan. Uezers “Mandaloriyalik” teleserialidagi Grif Karg roli uchun “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Uezers 1970-1971 yillarda "Oklend Raiders" safida himoyachi sifatida to‘p surgan va keyinchalik Kanada Futbol Ligasida qisqa vaqt o‘ynagan. U 1970 yillarda professional futboldan ketganidan keyin aktyorlik faoliyatini boshlagan.

Ma’lumot uchun, Karl Uezers 1948 yil 14 yanvarda Yangi Orleanda tug‘ilgan.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Karl Uezers

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar