Rivaldo “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar kimligini aytdi

Sport

image

“Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Rivaldo 2021 yilgi “Oltin to‘p” mukofoti uchun asosiy nomzod kimligini aytdi.

“Mening fikrimcha, Levandovski “Oltin to‘p-2021” mukofotiga loyiq. Robert – gollar urishdan charchamaydigan ajoyib hujumchi. Bu futbolchi “Bavariya” uchun juda katta rol o‘ynaydi”, deya braziliyalik sobiq hujumchining so‘zlarini keltiradi “World Today News” nashri.  

O‘tgan yili polshalik to‘purar “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgandi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab sovrin taqdimoti bekor qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Robert Chempionlar ligasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan bo‘lsa, Bundesligada 10 bahsda, 12 marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilgi “Oltin to‘p” uchun asosiy nomzodlar – “Real” futbolchisi Karim Benzema, PSJning argentinalik futbolchisi Leo Messi, “Chelsi” yarimhimoyachisi Jorjino, “Manchester Yunayted” forvardi Krishtianu Ronaldu va Levandovski hisoblanadi. 

"France Football" nashri tomonidan beriladigan sovrin 29 noyabr kuni o‘z egasiga topshiriladi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing