Rishi Sunak G20 sammitida Putinni yomonlamoqchi
Olam
−
13 noyabr 2022
9666Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak kelgusi hafta Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti platformasidan foydalanib, Rossiyani Ukrainadagi harakatlari uchun tanqid qilishga va’da berdi. Bu haqda “The Daily Telegraph” gazetasi yozdi.
"Ushbu G20 sammiti odatdagidek bo‘lmaydi. Biz Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rejimini tanqid qilamiz", deydi Sunak.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Moskvaning xalqaro hamkorlik va suverenitet masalalari bilan bog‘liq buzg‘unchi harakatlari haqida o‘z nuqtai nazarini bildirar ekan, Birlashgan Qirollik ittifoqchilar bilan birgalikda ular duch kelayotgan iqtisodiy muammolarni hal qilishda sezilarli yutuqlarga erishishini aytgan.
Shuningdek, Sunak nutqida qadriyatlar asosidagi mintaqaviy ittifoqlar qurishni davom ettirish uchun G20 formatidan foydalanayotganini aytib, 2021 yil sentyabr oyida tashkil etilgan Avstraliya-Buyuk Britaniya-AQSH (AUKUS) harbiy ittifoqini birgalikdagi bunday hamkorlikka misol qilib keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Rossiya delegatsiyasining G20 sammitidagi chiqishini boykot qilishi haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bu uchrashuvga bormaydi, Rossiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi.
LiveBarchasi