Rim Papasi koronavirusga chalindimi?
Olam
−
29 fevral 2020
8818Rim papasi Frensisk betobligi sababli 1 mart kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarni bekor qildi. Bu haqda Vatikan matbuot xizmati xabar berdi.
"Ehtimol Papa Frensisk koronavirus yuqtirib olgan. U bir necha kun oldin omma bilan qo‘l berib ko‘rishib chiqqan edi. U kasalligi tufayli rejalashtirilgan bir qancha uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi", dedi Vatikan vakili Matteo Bruni.
Hozirda Vatikanni o‘rab turgan Italiya Yevropadagi koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi. So‘nngi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada 889 nafat koronavirusga chalinganlar aniqlangan.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi