Rim Papasi operatsiya qilindi
Olam
−
05 iyul 2021
4489Kecha, 4 iyul kuni nasroniy katoliklarning ma’naviy yetakchisi — Vatikan davlati rahbari Rip Papasi Fransiskning yo‘g‘on ichagida operatsiya o‘tkazildi.
Vatikan Matbuot kotibi Matteo Brunining ma’lum qilishicha, 84 yoshl Papaning ahvoli yaxshi, u shifoxonada 7 kun nazoratda bo‘ladi.
“Papa Fransisk hazratlarining umumiy ahvoli yaxshi, u xushiga kelgan va o‘zi nafas olmoqda. Amaliyot taxminan 3 soat davom etdi va chap yo‘g‘on ichakni rezeksiya qilishni talab qildi. Agar asoratlar yuzaga kelmasa, u shifoxonada taxminan 7 kun yotadi”, degan Bruni.
LiveBarchasi