Rieltorlikdan olinadigan daromadni qonuniy aylanmaga jalb qilish uchun soliq foizi kamaytiriladi

Jamiyat

image

Rieltorlik xizmatlardan olinadigan daromadni qonuniy aylanmaga jalb qilish uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Qayd etish kerakki, avval qabul qilingan qarorga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish talabi bekor qilingandi.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi, Transport vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali ichki nazorat (komplayens-nazorat) tizimi joriy qilinadi.

Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini majburiy o‘tkazish tartibi to‘g‘risida takliflar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Bundan tashqari, davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasini ishlab chiqish, shuningdek, reyting natijalarini davriy e’lon qilish hamda rahbarlarining shaxsiy javobgarligini baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, ushbu reyting davlat organlari faoliyatida korrupsiya ko‘rinishlari mavjudligi xatarini tahlil qilish asosida korrupsiyaga eng moyil bo‘lgan idoralar monitoringini amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, rahbarlarning shaxsiy javobgarligini baholash va e’lon qilish ularning mas’uliyatini oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

rieltorlik

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar