Rejissyor Yuriy Fisan vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
03 mart 2020
7610Bugun, 3 mart kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng O‘zbekiston Davlat akademik rus drama teatri sahnalashtiruvchi rejissyori Yuriy Vladimirovich Fisan vafot etdi.
Yuriy Vladimirovich Fisan 1967 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Davlat akademik rus drama teatrida 1995 yilning 1 fevralidan buyon ishlab kelmoqda edi.
Yuriy Fisan 1990 yili Toshkent davlat madaniyat institutini “Havaskor teatr jamoasi rahbari” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Shundan so‘ng, “To‘qimachilar” madaniyat saroyida bolalar dramatik tugaragi rahbari bo‘lib ishlagan. 1994 yili teatr qoshidagi teatr-studiyaga qabul qilingan. 1995 yildan boshlab yordamchi tarkib aktyori, ikkinchi toifali aktyor, birinchi toifali aktyor, oliy toifali aktyor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 1996 yildan boshlab teatr qoshida tashkil etilgan teatr-studiyasiga qabul qilingan yoshlarga “Aktyorlik mahorati” fanidan dars berdi.
Yuriy Fisan sahnalashtiruvchi rejissyor sifatida Jan Jenening “Xizmatkor ayollar”, Karlo Galdnining “Traktorchi ayol”, “Bo‘g‘irsoq-shou”, Pushkinning “Shoh Saltan haqida ertak”, “Marhum malika va yetti bahodir” Korney Chukovskiyning “Moydodыr”, Valentina Arslanovnaning “Xonimlar tangosi”, Klod Manening “Blez” va “Qor malikasi” (Gans Andersenning shu nomli asari inssenirovkasi va sahnalashtiruvchi rejissyori), Mark Kamolettining “Tobutga qadar sevgi” va boshqa ko‘plab asarlarni sahnalashtirgan.
LiveBarchasi