Reyting: O‘zbekiston internet tezligi MDHda atigi 2 ta davlatdan yuqoriroq

Jamiyat

image

Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi 2021 yilning may oyi yakunlariga internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda dunyodagi davlatlarning mobil va simli internet tezligi taqqoslab chiqilgan.

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 137 davlat ichida 120-o‘rinda qayd etilgan. Bu 2021 yilning aprel oyiga nisbatan 4 pog‘ona balandroq. O‘zbekistonda Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 18,56 Mb/s, yuklash tezligi esa 9,28 Mb/s.

Simli internet borasida O‘zbekiston 180 davlat orasida 91-o‘ringa joylashtirilgan. Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 40,54 Mb/s, yuklash tezligi esa 39,14 Mb/s.ga teng. O‘zbekiston reytingda aprel oyiga nisbatan 3 pog‘ona yuqorilagan.

MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida mobil internet tezligi bo‘yicha Litva — 30, Estoniya — 32, Moldova — 60, Latviya —58, Armaniston —80, Ozarbayjon —68, Gurjiston (Gruziya) — 64, Ukraina — 82, Rossiya — 87, Qozog‘iston — 85, Qirg‘iziston — 96, Belarus — 123, Tojikiston — 129-o‘rinda joylashtirilgan.

MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida simli internet tezligi bo‘yicha Latviya —33 , Litva — 32, Rossiya — 52, Estoniya — 54, Moldova — 36, Belarus — 61, Ukraina — 59, Qozog‘iston — 67, Qirg‘iziston — 84, Armaniston — 104, Gurjiston (Gruziya) —111, Ozarbayjon — 125, Tojikiston — 100, Turkmaniston so‘nggi 180-o‘rinda joylashtirilgan.

Ro‘yxatda mobil internet tezligi bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari, simli internet tezligi bo‘yicha Singapur birinchi pog‘onadan joy olgan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing