Hindiston kompaniyalari Rossiya nefti uchun dirhamlarda to‘laydi – “Reuters”

Bu qiziq

image

Hindiston kompaniyalari Rossiya neftini BAA milliy valyutasi – dirhamda to‘lashga o‘tdi. Bu haqda “Reuters” bugun, 4 fevral kuni manbalarga tayanib xabar berdi.

Agentlik ixtiyoriga tushgan to‘lov hujjatlaridan kelib chiqadigan ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya energiya ta’minotining muhim qismini dirhamlarda to‘lay boshlagan. Bu ularga G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini buzish xavfini zararsizlantirish imkonini bergan.

Shunikdek, Hindistonning eng yirik banki – Hindiston davlat banki tomonidan ham Rossiya nefti uchun amalga oshirilgan tranzaksiyalar dirhamlarda hisob-kitob qilinmoqda.

Xitoy va AQSHdan keyin dunyoda uchinchi yirik xomashyo nefti importchisi bo‘lgan Hindiston Rossiya neftini faol ravishda xarid qilmoqda. 2022 yil boshida Rossiyaning Hindistonning neft import savatidagi ulushi atigi 0,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich kuniga qariyb 1 million barrelgacha o‘sib, 20 foizdan oshgan.

Shuningdek, Yangi Dehli G‘arb tomonidan Rossiya neft narxiga qo‘yilgan cheklovni qo‘llab-quvvatlamagan. Respublika neft va gaz vaziri Hardip Singx Puri esa neft hech bir davlatning belgisiga ega emasligi va Hindiston o‘zining energetik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mustaqil siyosat olib borishda davom etishini aytgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing