Respublika ta’lim markaziga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
16 iyun 2020
5724O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan Shuhrat Sattorov Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Shuhrat Sattorov 2020 yilning fevral oyidan beri mazkur markazda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Shuhrat Sattorov 2004-2008 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika, 2008-2009 yillarda Puna universitetining (Hindiston) Ommaviy aloqalar va jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
2018-2020 yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida Davlat, biznes va tadbirkorlik fakultetida magistratura yo‘nalishini tamomlagan.
LiveBarchasi