Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor tayinlandi
Jamiyat
−
16 yanvar 2021
6718O‘zbekiston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Davron Baxtiyorovich To‘laganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi.
Tibbiyot fanlari doktori Davron To‘laganov ko‘p yillar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tizimida turli vazifalarda ishlab kelgan. 2016-2017 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh shifokor muovini vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.
Birlashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam xizmati tarkibiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13 ta viloyat filiali, 176 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, 2400 dan ortiq tez tibbiy yordam brigadasi, sanitar-aviatsiya xizmati va favqulotda vaziyatlarda aholini tibbiy ta’minlash tezkor brigadalari kiradi.
LiveBarchasi